Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabidagi “Kitobxonlar Klubi” haqida

 

Assalomu aleykum aziz kitob sevarlar!!!

Keling avvalo tanishib olsak, mening ismim Feruza yoshim esa 18da. Men shu yili ya’ni 2015-yil yozdan boshlab Sahar Maktabining kurslarida qatnashishni boshladim. Elektron manzilimga Sahar Maktabining “Yetakchilik va Rahbarlik asoslari” kursiga qabul qilinganligim to’g’risida xat kelganida xursandchiligimning cheki yo’q edi. Aynan shu kursdan mening Sahar Maktabidagi maroqli davrim boshlangan. Keyingi blogimda sizlarga o’zim va Sahar Maktabi haqida batafsilroq aytib berishga harakat qilaman. Hozir esa ushbu blog mavzusi ya’ni asosiy mavzuimizga o’tsak.

Bugun men sizlarga o’zimga qadirdon bo’lgan Sahar Maktabing “Kitobxonlar Klubi” haqida aytib  bermoqchiman. Sahar Maktabidagi “Kitobxonlar Klubi”miz tashkil to’pganiga hali u qadar ko’p vaqt bo’lgani yo’q, oddiy qilib aytganda klubimiz hali juda yosh. Ushbu klubimiz ochilganidan beri onlayn maktabimiz ishtirokchilari maktabdagi vaqtlarini yanada zavfqliroq o’tkazishmoqda.

Biz kitobxonlar klubimizda muhokama qilish uchun kitob tanlaymiz. Kitoblar esa ishtirokchilar tomonidan taklif etiladi va ovoz berish orqali ularning bittasi o’qish va muhokama qilish uchun tanlab olinadi. Va tanlangan kitobning electron nusxalari SIT Klubimizga va facebook sahifasidagi guruxga joylanadi, asar qanchalik katta yoki kichik bo’lishiga qarab kitobni o’qish uchun muddat belgilanadi. Eng muhim narsani aytishni unutibman tanlangan kitobning baxs/munozara/muhokamasi onlayn ravishda SIT Klubimizda tashkillashtiriladi.

Keling endi sizlarga “Kitobxonlar Klubi”mizda o’qilgan asarlar to’g’risida aytib bersam.

”Kitoxonlar Klubi”mizda birinchi  o’qilgan va muhokama qilingan asar haqida.

Biz o’qigan birinchi kitob bu Paulo Koeloning “Alkimyogar” asari edi. Kitob sevarligingizni hisobga olgan holda bu asar haqida ozgina bo’lsa ham bilasiz deb o’ylayman. Asar haqida qisqacha aytib otadigan bo’lsam, bu asar Santyago isimli bola haqida. Santyago tushida Misr ehromlaridan xazina to’pganini ko’radi va shu  ko’rgan tushini ro’yobga chiqarish maqsadida juda ham uzoq bo’lgan safarga chiqadi.

Santyago safarining boshidayoq firibgarlarga aldanadi, va bor pulidan ajraladi. Va biroz vaqt otgach u bir insonga duch keladi, bir yildan ko’p bo’lgan muddat ichida Santyago osha kishining do’konida ishlaydi. Kerakli mablag’ni yig’ib bo’lgach Santyago Misr ehromlariga yo’l oladi. Misr ehromlarigacha bo’lgan safarda Santyago ko’plab insonlar bilan tanishadi, ko’plab narsalarni o’rganadi, alkimyo haqida ham bilimlarga ega bo’ladi  va anchagina mashqqatlar ko’radi. Oxirida esa Santyago xazinani topadi, orzu umidlari ushaladi va sevgan yori Fotima bilan ko’rishadi.

Shu bilan asar o’z yakuniga yetadi. Bular asarning kichik bir bo’lagi edi xolos. Bu asar siz uchun ham qiziqarli bo’lishiga ishonaman.

Aziz kitobxonlar sizlar uchun tayyorlagan ma’lumotlarim  hozircha shular. Keyingi blogimda sizlarga “Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlik Onlayn Maktabi”ning boshqa manbaalari to’g’risida aytib beraman. Aytgancha bizning onlayn maktabimizda juda ham qiziqarli bo’lgan “Workshop”lar ham tashkillashtiriladi, ular haqida ham yozishga va sizlarga taqdim qilishga harakat qilaman.

Aziz tinglovchilar endi sizlar bilan keyingi  blogimga qadar xayirlashaman, sog’ va salomat bo’linglar!

Hurmat bilan “Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlik Onlayn Maktabi” kurslari ishtirokchisi va Sahar Maktabi ma’muriyati!!!

Izohlar

Dilshoda's picture
Feruza, muhbirligingiz a'lo darajada! Qoyil!
Fotima_29's picture
Kitobhonlar klubi haqida qayerda o'qisam bo'ladi? Yozganlarizni o'qib qiziqib qoldim.
Abdulbosit's picture
Bu safargisiga kech qoldim shekilli. Nasib qilsa keyingisiga qatnashaman
Venera's picture
Feruza, molodets!
Farida Vafo's picture
Ajoyib!
Bekshox99's picture

Ushbu klubga qanday a'zo bo'lish mumkin