Bolalar ertagi yoxud Umidning iltijosi

Salom! Mening ismim … yo'q. Chunki tug'ilishimga hali 2 oy bor! Ota- onam mening ismimni "Umid" deya atamoqchiligini eshitganimda juda ham xursand bo'ldim! DUNYOGA "UMID" KERAK! Men avvaliga yorug' olamga shu qadar oshiqardim-ki! 
Moviy Osmon! Yam- yashil tabiat! Bulutlar, daryo va dengizlar... barchasini o'z ko'zim bilan ko'rishga! Ha ha o'z ko'zlarim bilan ko'rishni istardim, tezroq! Bu dunyo juda go'zalligini tasavvur qilaman. Aslida ham! Men hali tug'ilmaganman! Tezroq tug'ilishni istar edim!

Mening akam ham bor! Uning yoshi 3 da! Negadir u juda ko'p yig'laydi. Onam va dadam bilan birgalikda qayergadir ketdik! Oq libosli insonlar akam tutindan zaharlangan deyishdi. Tushunmadim-u ammo hozir menga ham toza nafas yetishmayotganini his qildim. Demak aslida toza havo qanday ekanligini bilamanmi??? Ajabooo! U o'zi nima????

Oq ko'ylakli amaki hammasini boshidan tushuntirganida ilk bora o'z mehribonlarimdan juda qattiq ranjidim! Ularga rahmim keldi. Shuning uchun ham endi tug'ilmaslikka, barvaqt orzularimdan voz kechishga qaror qildim. Nahotki men o'ylaganchalik olam maftunkor emas! Nahot hammasi yolg'on! Yorug' olam tutunzor va zaharli!

Ota- Onam meni juda sevadi! Bunga ishonaman! Ular aslida juda mehribon insonlar! Ammo endi tug'ilishni hech istamayman! 

Onam 28 yoshda! Ular sigaret chekar ekan!

Otam 35 yoshda! Ular ham sigaret chekadilar!

Onam juda go'zal ammo!

Ularning do'stlari ko'p! Tanishlarini har holda hali men sanab ololmayman! Afsus ular ham sigaret chekishadi!

Iltimos bizni qutqaring!

Men haliyam bu dunyoni juda go'zal tasavvur qilishni istayman!

Mening ismim Umid bo'lishini istayman!

 

Nafisa OMON

Izohlar

davix's picture
qoyil