Blogerlar tanlovi g'oliblari aniqlandi

Va nihoyat fevral oyida boshlangan 1-blogerlar tanlovining yakuniy bosqich natijalarini e’lon qilish vaqti yetib keldi.

Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar hamda blogpostlarni o’qib kuzatgan va ovoz berganlarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bundan tashqari, tanlovning 2-bosqichida  o’zining vaqtini va xolis yordamini ayamay, finalistlarga blogpost ustida ishlashga yordam bergan mentorlarimizga hamda blogpostlarni baholashda odil, haqqoniy va xolis bo’lgan hakamlarimizga katta rahmat aytib qolamiz.

Tanlov o’ziga xos va qiziqarli bo’lib o’tdi deb o’ylaymiz. Chunki tanlovning ikkala bosqichida ham ijtimoiy muammolarni yoritgan turli-tuman qiziqarli blogpostlar oldik. Tanlovning o’ziga xos yana bir jihati shu bo’ldiki, tanlovda ba’zi blogerlar yangicha usul, yangicha janr va yangicha formatda yaratilgan blogpostlar bilan ishtirok etdi.

Tanlovning 2-bosqichida finalistlarga berilgan mentorlik yordami hamda ba’zi bir ishtirokchilarga 1-bosqich blogpostlari uchun Sahar Maktabi tomonidan berilgan “feedback” blogerlarning o’z ustida yanada ishlash va izlanishga hamda yangi blogpostlarini yanda kuchli yozishga xizmat qildi deb umid qilamiz.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda tanlovning maqsadi – yosh va havaskor blogerlar o’rtasida ijtimoiy dolzarb mavzularni qamraydigan blogerlik faoliyatini shakllantirish va rag’batlantirish. Bu orqali esa jamiyatda fikrlar almashuvini kengroq yo’lga qo’yishga yetdik desak ham bo’ladi.

Tanlovnign 1-bosiqchida turli mahalliy ijtimoiy muamolarni mohirona ochib bergan 50dan ortiq blogpost, 2-bosqichida esa 10ta finalga chiqqan ishtirokchidan 10ta blogpost qabil qildik.

1-bosqich natijalarini 50% blogpostlar to’plagan ovoz orqali o’quvchilar aniqlagan bo’lsa, 50% Sahar maktabining hakamlar jamoasi aniqladi.

2-bosqichga chiqqan 10ta blogerning blogpostlarini esa Sahar Maktabi tomonidan tanlovga hakamlik qilish uchun taklif etilgan mustaqil hakamlar guruhi baholadi.

Tanlov qoidasiga ko’ra, g’oliblar blogpost sifati, ya’ni mavzuning dolzarbligi, ijtimoiy muammoning yoritilishi, originallik, yozish malakasi, foto/audioning sifati, shaxsiy va tahliliy fikrning mavjudligi, innovatsion va noodatiy uslub va yondashuvga egaligi, muammolarga yechim taqdim etish (agar bo’lsa) asosida aniqlandi.

Shunday qilib,

1-o’rin: Fozilbek Yusupov - Jonimni og'ritib huzur qilaman - Samsung Galaxy Tab 3

2-o’rin: Xurshida Maxmudova - Plastik kartadan naqd pul yechish - Samsung Galaxy J1 Ace aqlli telefoni

3-o’rin: Shukurjon Islomov - Serqirra mutaxassis - Remaxdan tok zahira manbai

Bulardan tashqari qolgan ishtirokchilar tanlovda quyidagicha o'rin olishdi:

4-o'rin: Jamshid Niyozov - Koreyada ish vaqtida jarohat olgan o'zbekistonliklarga pensiya berilmaydimi?

5-o'rin: Gulruxsor Xudayberdiyeva - Asabiylik sindromi

6-o'rin: Bahodir Mahmudov - Jim turing, shovqinlanmang...

7-o'rin: Nilufar Oripova - Iltimos, faqat ijobiy munosabat!

8-o'rin: Rufat Saydazimov - Ishxonada ishlamay pul topish yo'li

9-o'rin: Bahtiyor Gaziev - Hisobli dunyo deydilar

10-o'rin: Aziza Eshonqulova - Unutmadikmikin?

Yuqoridagi har bir ishtirokchi maktab tomonidan maxsus sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

Tanlov nizomiga ko’ra, tanlov tashkilotchilari tanlovning ikkala saralash bosqichida qatnashgan blogpostlar orasidan o’ziga xos innovatsion yangilik kiritgan yoki noodatiy yondashuvga ega blogpost mualliflarini ham taqdirlaydi. Sahar Maktabi quyidagi blogpostlarni alohida e’tirof etishni lozim topdi.

Azamat Xodjakov - O’zbekiston sharoitida odam qilmasligi kerak bo’lgan 10 ta kasb. Blogpost muhim mavzuni yoritib, unga yaxshi tahlil nuqtai nazaridan yondashgan. Shu bilan birga, muammoga yechim taklif qilgan.

Aziza Eshonqulova - Tegajog’lik? Nima degani bu? Tushunasizmi? Blogpost muhim mavzuda yozilgan hamda muallif blogpostga suhbatni joylaysh orqali unga yangicha ko’rinish va kuchli asos bergan.

Bobur Jalolov - “Ҳеч бўлмаса, беш минг беринг” (ҳангома). Blogpsot muhim mavzuni ko’tarib chiqish bilan birga uni sodda va ajoyib tilda yetkazib bera olgan.

Bohodir Mahmudov - Biz…miz! Blogpost yangicha uslubni ishlatish orqali, muammoli jihatlarni chiroyli bayon eta olgan.

Gulruxsor Xudayberdiyeva - Спектакл ичра “спектакл”. Blogpost juda chiroyli til, uslub va yondashuvda yozilgan bo’lib, muallif o’z ko’zi orqali bo’layotgan voqea-hodisalarni tasvirlab, mavzuni juda yaxshi tahlil qilgan hamda mavzuning muhimligini yetkazib bera olgan.

Nilufar Oripova - To'ylar muborak! (videolavha). Blogpost mavzuni yaxshi yoritgan, muammoga yaxshi tahlil qilinib, amaliy yechimlarni taklif qilgan. Blogpost yangicha shaklda yaratilgan bo’lib, muallif bir nechta vazifalarni bajargan. Videolavha chiroyli estetik did asosida tayyorlangan. 

Rufat Saydazimov - Xotin-qizlarga nisbatan tegajog'lik (shilqimlik) muammosi. Blogpost muhim mavzuni yoritish hamda unga to’g’ri yondashish bilan birgalikda, murakkab texnik ko’nikmalarni ishlatgan holda tayyorlangan.

Sarvar Qurbonov - Энергия тежамкорлик ҳақида тасвирий ҳикоя! Blogpost muhim mavzuni yaxshi yoritish va muammo yechimi uchun amaliy tavsiyalar berish bilan bir qatorda, yangi ko’rinish, ya’ni infografikadan foydalangan.

Shukurjon  Islomov - Қариндош-уруғларим. Blogpost muhim mavzuni xalq tilida, qisqa, sodda va o’quvchiga yaqin holda yetkazgan.

Tanlov tanijalari va mukofotlarni qabul qilish bo’yicha Sahar maktabi go’liblarga va e’tirof etilganlarga elektron pochta orqali alohida bog’lanadi.

Izohlar

Bahodir Mahmudov's picture

Tashkilotchilarga ham o'z minnatdorchilgimizni bildiramiz.

Fozilbek's picture

Erinmasdan shuncha vaqtini sarflagan ishtirokchilarga va tashkilotchilarga katta rahmat deb qolamiz