Ayol haqida fiklarim yoki bir ayolga havas qildim….

Ayol haqida fiklarim yoki bir ayolga havas qildim…. Ayol! Bu so'z zamirida olam-olam ma'no bor. Ayol nafaqat oilada, balki jamiyatda ham o’z o’rniga ega. Oilani ayolsiz tasavvur etish qiyin. Chunki uyda farzandlariga qaraydigan ham, uy ishlarini bajaradigan ham va o’z turmush o’rtog’iga har tomonlama ko’mak beradigan inson ham – bu ayoldir.

Ko’pchilik insonlar, ayol kishi uyda faqat farzand tarbiyasi bilan shug’ullanishi kerak deb hisoblaydilar. Nega? Axir ayol kishini Rabbim shunchalik murakkab qilib yaratganki, u bir qo’li bilan beshikni tebratsa, bir qo’li bilan dunyoni tebratadi. Bugungi kunga kelib ayollar har bir jabhada o’z qobiliyatlarini namoyon etishmoqda. Yurtboshmizning 2013-yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili deb e’lon qilishi ayollar uchun imkoniyat eshiklarini ochdi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Mustaqilligimizning hali 23 yoshda bo’lishiga qaramay biz ancha salmoqli yutuqlarga erishdik. Bir eslaylik, 1989-1990 yillarda ayollar mavqeyi qanday edi va hozir qay darajaga erishdi. Nima uchun ingliz ayoli boshqara olgan korxonani o’zbek ayoli boshqara olmasligi kerak? Nima uchun yapon ayoli tahsil olgan joylarda o’zbek ayoli tahsil olmasligi kerak? Yoki bo’lmasam, Yevropadagi ayollar sportda yuqori yutuqlarga erishganda bizning ayollar erishmasligi kerak?

Bunday javobsiz savollarni men o’zimga ko’p bora berganman. Allohimga shukurki, bizning ayollar ham mana shu darajalarga qadamba-qadam erishib bormoqdalar. Bugungi kunda jamiyatimizda ayol kishi ishlamaydigan soha yo’q. Boshqarishda ham, siyosat-u iqtisodda ham, harbiy va ijtimoiy sohalarda ham o’zlarini ko’rsatishmoqda. Bularga isbot sifatida men juda ko’p ustozlarimni aytishim mumkin. Masalan, Mashhura Muhsinovna. Men ulardan juda ko’p bilim va shu bilan birgalikda hayot sabog’ini oldim. U kishi meni matematika faniga qiziqtirgan va o’qitgan, irodali, qat’iyatli, g’ayratli, sabrli bo’lishga o’rgatgan va shu bilan birgalikda talaba bo’lish baxtiga erishtirgan insonlardan biri. Bilimi bor inson hech zamonda xor bo’lmaydi, degan gap bejizga emasligini men ustozimda ko’rdim. Mashhura Muhsinovna ancha yillardan beri dars beradilar. Ilk bor bu ayol haqida eshitganimda men ham uning o’quvchisi bo’larmikanman degan edim. Taqdirni qarangki, 1 yil o’tib men shu ustoz o’quvchisi bo’ldim. U bizga doim: “Bo’ladi, nimaga bo’lmas ekan hech kim onasidan aqilli bo’lib tug’ilmagan, unga faqat mehnat qilib erishiladi. Manaman degan zo’rni ham sindirish mumkin, zo’rdan zo’r ko’p. Mehnatdan hech kim o’lmaydi” , “Harakat qil, o’qi ertaga oldingdan chiqadi” der edilar. Bu menga shunchalik kuch bag’ishlardiki, “Men, albatta, GRANT asosida o’qishga kiraman” deb o’zimga so’z bera olgan edim.

Men u kishiga juda havas qilaman. U kishi har bir o’quvchilariga o’z farzandlaridek mehr ko’rsatadilar, qayg’uradilar. Har bir ota-ona farzandini oliy dargohda o’qishini, kelajakda yuqori darajalarga erishishini istaydi. Aslida ota-onamizning baxti ham ana shunda emasmi?! Ustozimiz esa o’sha har bir ota-ona bilan bir qatorda o’quvchim talaba bo’larmikan, yuzimni yorug’ qilarmikan derdi. Mana shu bilimlar o’z mevasini berib, grant asosida o’qishga qabul qilindim. Ustozim ham o‘zlarini moddiy jihatdan taminlaydilar, ham o’quvchilarga bilim berishdek savobli ishni bajaradilar va shu o’rinda o’zining oilasi uchun ham qayg’uradilar. U kishining farzandlari aqlli, odobli va yaxshi tarbiya ko’rganligi bilan boshqalardan ajralib turadi.. Men bu insonga chin dildan havas qilaman.

Men mana shunday ayollarni hozirgi zamon ayoli deb tariflagan bo’lar edim. Biz yoshlar ham eng asosiy vaqtimizni bilim olish bilan shug’ullansak, albatta, bizdan kelajakda zo’r kadr-u mutaxassislar yetishib chiqadi. Bilasizmi, ba’zida tashqaridan hozirgi hayotni kuzata turib, agar o’sha bilimga chanqoq olim-u ulamolarimiz shu zamonda tug’ulganida nima bo’lardi deb o’ylab qolaman. Agar o’sha paytdagidek harakat va intilishlari bo’lganda… ehhe buyog’ini tasavvur qilaveringda endi ;-) Lekin, albatta, har bir insonning o’z davri borda. Biz ham buyuk siymolarimizga munosib voris bo’lishimiz mumkin. Axir bu dunyoda o’limdan boshqa barcha narsani iloji borku. Bu eshik ochilmasa, boshqasi ochiladi. Muhimi oxirigacha kurashishda..!

Venera ISABEKOVA

Izohlar

Rahimjon's picture
Excellent! I like it. I wish u good lick, strong health and best wishes in the world. I hope you'll achieve all the goals you made
Venera's picture
Thanks very much!
Muharram's picture
Venera! Barakalla, juda ajoyib. Men yozolmagan gaplarni ham yozibsiz. Bizni dugona bo`lishimizga ham, grant asosida o`qishga kirishimizga ham Mashhura Muhsinovna asosiy sababchilardan biri bo`lgan. Umuman u kishi hayotimizda katta burilishlarga sababchi bo`lgan desam bo`ladi.U kishidagi g`ayrat va yashashga intilishning o`zi insonni olg`a yurishga undaydi. U kishidan men ham butun umr minnatdorman. Inson hayoti yoshlik chog`ida kimlarni uchratishiga bog`liq deyishadi. Men biroz kechroq bo`lsada bu insonni uchratganimdan juda xursandman. U kishi orqali men eng yaqin dugonamni ham topdim!!!
Venera's picture
Raxmat Muharram!!! Uzr, men bu qoldirgan izohingizni endi ko'rdim.. Katta raxmat, Siz meni doimo qo'llagansiz, kamchiliklarimni to'ldirishga yordam bergansiz Sizdek dugonam borligidan juda baxtiyorman. Siz mening eng yaqin va qadrdon dugonamsiz! To'g'ri... Shuning uchun men ham Mashhura Muhsinovnadan minnatdorman!!!
Nargizaxon's picture
Boya chatga etgan o'qish ham mehnat digan gapimga bu yerda ham isbotini yozishgan ekan.
Venera's picture
haa, Nargizaxon!