2-blogerlar tanlovining 1-bosqich natijalari aniqlandi

Va nihoyat yaqinda e'lon qilingan 2-blogerlar tanlovinign 1-bosqich natijalari ma'lum bo'ldi. Turli ijtimoiy mavzularda yozilgan bir-biridan ajoyib blogpostlarni o'qish hammamizga ham maroqli bo'ldi, lekin ular orasidan yuqori 8talikni aniqlash oson bo'lmadi. Shuning uchun o'tgan tanlovdagi an'anmizga sodiq qolib, bu safar ham 8talik emas balki 10talik 2-bosqichga o'tishdi. Demak, ular quyidagilar:

Bulardan tashqari "Qo'g'irchoq", "Sakkiz foiz, o'n foiz", "Cheklangan so'z erkinligining foydasi haqida",  "Time is Money", "Shahar darvozasi jangchilariga hujum", "Kassa atrofidagi xayollar", "Meni hech kim yaxshi ko'rmaydi" va "Bo'lmagan voqea" kabi blogpostlar mavzu jihatdan juda yaxshi tanlangan, "Millioningayam, stadioningayam", "T-s-s-s, qizim uxlayapti", "Ishonchimni qayti bering" va "Lahza" blogpostlar esa sifat jihatdan hakamlar tomonidan yuqori baholandi. 

2-bosqichga o'tgan 10ta blogpost sohiblarini chin yurakdan tabriklaymiz va hammalariga keyingi bosqichda omad tilab qolamiz.

Tanlovda qatnashgan barcha blogerlarga o'zlarining qiziqarli blogpostlari bilan qatnashganlari uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildirib kelgusi faoliyatingizda ham ijtimoiy faol bo'lishingizni istab qolamiz.

Tanlovda shaffoflikni saqlash uchun bu safar har bir blogpost to'plagan ballarni quyida biriktirilgan faylda sizga ilova qilamiz. 

File Attachment: 

Izohlar

Bakhtiyor Sheraliev's picture

Tanlovning birinchi shartidan o'tgan barcha ishtirokchilarni chin qalbimdan tabriklayman. Va shuni aytishim kerakki, ishtirokchilar juda yaxshi va adolatli tanlanibdi. Ulardan yanada orginal va qiziqarli, ayniqsa Jamshidbek Quramboyev va Jamshid aka Niyozovdan alohida blogpostlar kutib qolaman. "Millioningayam, stadioningayam" blogposti ham tanlovdan o'tishini juda juda istagan edim, biroq ... Hayotda har doim ham men istagandek bo'lmaydi-ku:)))) Lekin shu blog muallifiga yana bir bor kattakon rahmat aytaman. Tanlovni tashkil qilgan va unda hakamlik qilayotgalarga ham rahmatlar va tashakkurlar!
Hurmatli finalistlar, sizlar yangi blogni tayyorlaguningizgacha biz "kritikovat" qilish uchun qalamimizni o'tkirlab turamiz. Hammaga omad! Olg'a!!!

RashidMdolimov's picture

Bakhtiyor, "Millioningayam, stadionigayam" blogposti uchun bu yerda va blogpost tagida yozgan iliq so'zlaringiz uchun katta rahmat.

Sh's picture

Finalchilarga omad

Bakhtiyor Sheraliev's picture

Yangi bloglar qayergadir yuklanyaptimi yoki men bexabar qoldimmi???

Bakhtiyor Sheraliev's picture

Ikkinchi bosqich tugashiga ikki kun qoldi, nega hali ham birorta blog yuklanmaypti? Sayt ishlayaptimi o'zi?

saharschool's picture

Bakhtiyor, 18-maygacha qolgan finalistlarning barcha blogpostlari saytga chiqariladi.