Blogerlar tanlovi

Countdown

Finalist
Bahtiyor Gaziev
18/05/2016 - 20:31
Umumiy ball: 20
5
O’rtacha: 5 (4 ovozlar)
Бир бор экан
Finalist
Fozilbek Yusupov
18/05/2016 - 16:02
Umumiy ball: 32
4.6
O’rtacha: 4.6 (7 ovozlar)
 To’raxon ota erta, tong otmasdan bomdod namoziga uyg’ondi. O’rnidan turib oshxona bordi.
Finalist
Jamshid Niyozov
18/05/2016 - 15:43
Umumiy ball: 30
5
O’rtacha: 5 (6 ovozlar)
Ҳуқуқда шундай атама бор: “де юре — де факто”.
Finalist
Sarvar Aminov
18/05/2016 - 12:14
Umumiy ball: 55
5
O’rtacha: 5 (11 ovozlar)
Tabiatan yangilikka o‘ch insonman.
Finalist
Farhod Ulug'ov
18/05/2016 - 11:57
Umumiy ball: 15
5
O’rtacha: 5 (3 ovozlar)
Men bu blogda jamiyatimizda sog'lar orasida yashayotgan nogiron odamlarning, ko’zga darrov ko’rinmaydigan lekin ayta o
Finalist
Feruza Mamirova
18/05/2016 - 10:06
Umumiy ball: 3
3
O’rtacha: 3 (1 ovozlar)
Men O’zbekiston Respublikasi fuqarosiman. Barcha qatori teng huquqlarga egaman.
Finalist
Erkin Pardaev
18/05/2016 - 10:03
Umumiy ball: 14
3.5
O’rtacha: 3.5 (4 ovozlar)
Oddiygina barmog’ingizga tikon kirsa qanchalik og’riydi.
Finalist
Sukhrobjon Abdirimov
17/05/2016 - 10:04
Umumiy ball: 16
4
O’rtacha: 4 (4 ovozlar)
Bu yil oliy o’quv yurtida 4-kursman va xudo xohlasa xech qiyinchiliksiz , a’lo baholar va sog’- salomat bilan o’qishni
Finalist
Jamshid Quramboyev
17/05/2016 - 09:59
Umumiy ball: 48
4.8
O’rtacha: 4.8 (10 ovozlar)
-            …
Finalist
Dilrabo Tursunova
16/05/2016 - 11:01
Umumiy ball: 27
4.5
O’rtacha: 4.5 (6 ovozlar)
Mijoz bank uchun yo’g’ey bank mijoz uchun…  

Pages

Bahodir Mahmudov
Dilnavoz Berdiyeva
Furqat Eshqurbonov
Karimov Jaxongir Maxamadjon o`...
Nurali Murtazoev
Nurbek Yuldashev
Rashid Tojiboyev Sobir o...
Abdurashid Mamadolimov
Erkin Juraev
Avaz No'monov
Темур Аъзам
Fozilbek Yusupov
Inoyat Xon
Jamshid Niyozov
Sarvar Qurbonov
Sarvar Aminov
Sarvar Aminov
Комила Носирова Муродхоновна
Jamshid Niyozov
Feruza Mamirova
Sobit Saidov
Suxrobjon Abdirimov

 

Tanlovning maqsadi

Tanlovning maqsadi – yosh va havaskor blogerlar o’rtasida ijtimoiy dolzarb mavzularni qamraydigan blogerlik faoliyatini shakllantirish va rag’batlantirish. Bu orqali esa jamiyatda fikrlar almashuvini kengroq yo’lga qo’yish.

 

Tanlovni tashkil etish va o’tkazish

  1. Mazkur tanlov “ochiq tanlov” maqomida bo‘lib, unda internet tarmog‘ida o‘zining shaxsiy sahifasi (blog, veb-sayt) orqali o‘zbek tilida blog yurituvchi, fuqaroligidan, millatidan qat’i nazar, barcha jismoniy shaxslar qatnasha oladi.
  2. Shuningdek, blog yuritmaydigan, lekin o‘zbek tilida maqola, blogpost yozadiganlar ham tanlovda qatnashishi mumkin.
  3. Har bir ishtirokchi tanlovning har bir bosqichida bir nafar original blogpost bilan ishtirok etishi mumkin.
  4. Tanlov Sahar maktabi tomonidan tashkil etiladi va o’tkaziladi. Maktab tanlovning hakamlar hay’ati tarkibini tuzadi va tanlov ishtirokchilariga yordam berish maqsadida soha mutaxassislari guruhidan tashkil topgan mentorlarni aniqlaydi. Hakamlar va mentorlar guruhi tarkibiga Sahar maktabi vakillari, blogerlik, jurnalistika va madaniyat sohasi vakillari kiritilishi mumkin. 
  5. Tanlov besh bosqichda o’tkaziladi.
  6. Birinchi bosqich – tanlov ishtirokchilarini va ilk blogpostlarni ro’yxatga olish – 2016-yilning 6-aprelidan 25-apreligacha o’tkaziladi. Ishtirokchilarga 26-apreldan 1-mayga qadar blogpostlarini ijtimoiy tarmoqlarda targ'ib etib unga ko'proq ovoz olish uchun qo'shimcha vaqt beriladi.
  7. Ikkinchi bosqich – ro’yxatga olingan ishtirokchilar orasidan 8 ta finalchilarni aniqlash – 2016-yilning 2-mayidan 4-mayigacha. 4-may kuni birinchi saralashda g’olib deb topilib, ikkinchi bosqichga o’tgan 8 nafar blogerning ismi e’lon qilinadi.
  8. Uchinchi bosqich – 8 ta finalchining 2-blogpostlarini qabul qilish – 2016-yilning 4-mayidan 16-mayigacha o’tkaziladi.
  9. To’rtinchi bosqich – tanlov g’oliblarini hakamlar hay’ati tomonidan aniqlash – 2016-yilning 17-mayidan 24-mayigacha o’tkaziladi.
  10. Beshinchi bosqich – tanlov g’oliblari 2016-yilning 25-may kuni e'lon qilinadi. G'oliblarni taqdirlash may oyining belgilangan kunida Toshkent shahrida o'tkaziladi.
  11. Tanlovda ishtirok etish uchun topshirilgan blogpostni faqat unga bevosita daxldor bo’lgan jismoniy shaxs taqdim etishi shart. Tanlovga taqdim etilgan arizani qaytarib olishga faqat blogpostning egasi haqli.
  12. Tanlovga taqdim etilgan arizalar Sahar maktabi tashkiliy qo’mitasi tomonidan saralanadi va nomzodlarning ro’yxati shakllantiriladi. Qabul qilingan blogpostlar Sahar maktabi vebsaytida ochilgan maxsus sahifada chop qilib boriladi hamda muddat tugagach (dedlayn), ularning umumiy ro‘yxatini maktab vebsaytida rasmiy blogda e’lon qilinadi.
  13. Tanlov o’tkazish jarayonida tanlov ishtirokchilariga unda qatnashish uchun kerak bo’ladigan barcha ma’lumotlar www.saharschool.org va maktabning Facebook sahifasiga joylashtirib boriladi.

 

Tanlov o’tkazish joyi

1. Tanlov Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlik maktabining vebsaytida www.saharschool.org/blog-competition o’tkaziladi. Shuningdek, saytdagi tanlov bilan bog’liq barcha ma’lumot va e’lonlar maktabning Facebookdagi sahifasida ham e’lon qilinadi.           

2. Tanlovga faqat mazkur Nizomda belgilangan tartibda Sahar maktabi veb-sayti orqali belgilangan ariza shaklini to’ldirish orqali arizalar qabul qilinadi. Agar blogpostni kiritish bo'yicha texnik muammo bo'lsa info@saharschool.org manziliga zudlik bilan xabar bering.

3. Ariza shakli to’ldirilayotganda ishtirokchilar uchun blogpostni Sahar maktabi veb-saytiga joylashtirish uchun (html formatida) to’la imkoniyat beriladi. Ariza topshirilgach, tanlov tashkilotchilari 24 soat ichida arizani veb-saytda chop etadi. Blogpostingiz 24 soat ichida saytga chop etilmasa iltimos tanlov tashkilotchilariga bu haqda xabar bering.

4. Ariza to’ldirayotganda blogpostni Sahar maktabi veb-saytiga joylashtirish borasida maxsus ko’rsatma bilan SHU YERDA tanishish mumkin.

 

Tanlov ishtirokchilarini baholash va g’oliblarni aniqlash mezonlari

Tanlovning birinchi saralash bosqichida ovoz berish quyidagi mezonlar va ball shkalasida aniqlanadi. Bu bosqichda tanlov tashkilotchilari va maktab ma'muriyati hakamlik qilishadi.

Blog nomi

Ijtimoiy muammo-

ning dolzarbligi

Originallik va muallifga xosligi Yozish, audio, video, foto sifati Shaxsiy va tahliliy fikrning mavjudligi Innovatsion va noodatiy uslubga egaligi Vebsaytda to'plagan o'rtacha va umumiy ovozlar qiymati Yakuniy ball 1 Muammoga yechim taklif etishi Yakuniy ball 2
Misol Max 10ball Max 10 ball Max 10 ball Max 10 ball Max 10 ball Max 10 ball (5 ball umumiy ovoz, 5 ball o'rtacha ovoz) Max 60 ball Max 5 ball Max 65 ball

1. Birinchi bosqichda hakamlar blogpostlarni 1) ijtimoiy muammoning dolzarbligi (max 10 ball), 2) originallik va muallifga xosligi (max 10 ball), 3)Yozish, audio, video yoki fotoning sifati (max 10 ball), 4)Shaxsiy va tahliliy fikrning mavjudligi (max 10 ball), 5) Innovatsion va noodatiy uslubga egaligi (max 10 ball) hamda 6)Ko'tarilgan muammoga yechim taklif qilinganiga (max 5 ball) asoslanib baholab chiqishadi.

2. Ommaviy ovoz berish orqali to'plangan o'rtacha va umumiy ballarning qiymati baholash jadvalida qo'shimcha mezon sifatida kiritilgan. (Muhim eslatma: 1-blogerlar tanlovidagidek vebsaytda to'plangan ovoz yakuniy ballning 50%ini tashkil qilmaydi). Bu mezonning qiymat ko'rinishi vebsaytda to'plangan o'rtacha ovoz hamda umumiy ovozlarning o'rtacha hisobi orqali aniqlanadi. Masalan, tanlovda 2ta blogpost qabul qilindi, ulardan biri 2ta ovoz bilan o'rtacha 5 ball va umumiy bo'lib 10 ball olgan, hamda 2-blogpost 10ta ovoz bilan o'rtacha 4 ball va umumiy 40 ball olgan bo'lsa, bunday holda

1-blogpost: umumiy ovoz bo'yicha:  eng baland ballga nisbatan nisbiy baho chiqariladi, ya'ni 40balldan 10 ball olgan, ya'ni 25%, yoki maksimum 5 ballning choragi -> 5/4= 1,25 ball

        o'rtacha ovoz bo'yicha: 5 ball (maksimum ball)

2-blogpost: umumiy ovoz bo'yicha: 5 ball, ya'ni bunday holda 2-blogpost maksimum ball yiqqan (maksimum ball 40 -> 100%)

        o'rtacha ovoz bo'yicha: 4 ball 

Yuqoridagi misolda 1-blogpost jami bo'lib 6,25 va 2-blogpost jami bo'lib 9 ball yiqqan bo'ladi.

3. Blogpost bu erkin janr bo'lgani uchun unda ko'tarilgan ijtimoiy muammoga doim ham yechim taklif qilish talab qilinmaydi, ammo tanlovda qabul qilingan blogpostlarda bu jihatga alohida e'tibor beriladi. Agar blogpostdagi ijtimoiy muammoga tahliliy yondashib yechim taklif qilingan bo'lsa, unga qo'shimcha ravishda maksimum 5 ball berilishi mumkin. Ammo bu majburiy bo'lmagani uchun hakamlar qo'ygan yakuniy baho yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan Yakuniy ball 1 va Yakuniy ball 2 qiymatlarining o'rtachasi hisoblanadi.

4. Ommaviy ovoz berish tanlov sahifasida (boshqa usullar ham qo‘shilishi mumkin) olib boriladi. Unda mushtariylar tanlov tashkilotchilari tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatdagi blogpostlarga 1dan 5 bal oralig’ida baho berishi mumkin. Har bir o’quvchi bir blogpost uchun faqat bir martagina ovoz berishi mumkin.  (Ko'p marta berilgan ovoz sahifada ko'rinsada tizimda faqat oxirgi ball qabul qilinadi). Mazmunsiz va asoslanmagan izohlar orqali berilgan ovoz hisobga olinmaydi.

5. Tanlovning ushbu bosqichida ishtirokchilar o’z blogpostlarini ijtimoiy tarmoqlarda  bo’lishishi va unga ommaviy ovoz to’plash imkoniyatiga ega bo’lishadi.

6. Ikkinchi bosqichga faqat 8 ta ishtirokchi yo’l oladi. Birinchi saralash bosqichi natijalari e’lon qilingach, g’oliblarga ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun 12 kun muhlat beriladi. Mazkur muddat davomida birinchi bosqich g’oliblari o'zlarining yangi yozilgan blogpostni topshirishlari lozim.

7. Ikkinchi saralash bosqichida qatnashadigan ishtirokchilar, istasalar, Sahar maktabi tomonidan saralangan mentorlar yordamidan foydalanishlar mumkin. Ishtirokchilar mentorlar maslahatidan foydalanib blogpostlarini yanada pishitish imkoniga ega bo’ladi. Bir nechta ishtirokchiga bitta mentor taklif qilinishi mumkin. Mentor ishtirokchilarning blogpostlari haqida boshqa ishtirokchilarga ma’lumot bermasligi kafolatlanadi. Mentordan foydalanish ishtirokchining xohishiga bog’liq.

8. Ikkinchi saralash bosqichida mustaqil hakamlar hay’ati tuziladi. Hakamlar ikkinchi saralash bosqichi uchun qabul qilingan blogpostlarni anonim tarzda baholab chiqadi. So’ngra g’oliblar tashkilotchi tomonidan e’lon qilinadi.   

9. Har bir blogpost quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • mavzuning dolzarbligi;
  • originallik;
  • yozish malakasi (yoki audio yoki fotoning sifati);
  • shaxsiy va tahliliy fikrning mavjudligi;
  • innovatsion va noodatiy uslub va yondashuvga egaligi;
  • muammolarga yechim taqdim etishi (agar bo’lsa).

 

Blogpostga qo‘yilgan talablar

1. Blogerlar istalgan ko‘rinishda blogpost yozishi mumkin. Video, audio (podkast),  foto  va h.k. shaklidagi blogpostlar bilan qatnashish targ’ib qilinadi. Matn asosidagi blogpostlarning uzunligi o’rtacha 3 bet atrofida bo’lishi, video va audio shaklidagi blogpostlarning uzunligi 5 daqiqadan oshmasligi lozim.  

2. Tanlovga hali chop etilmagan yoki 2016-yilda chop etilgan blogpostlargina taqdim etilishi mumkin. Bitta ishtirokchi tomonidan tanlovning har bir bosqichida faqatgina bitta blogpost taqdim etilishi mumkin. 

3. Tanlovda ishtirok etayotgan blogpostlarning mazmuniga quyidagi talablar qo’yiladi: Tanlovda qatnashish uchun topshirilgan blogpostlar jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni yoritishi talab etiladi.

4. Tanlovning ikkala saralash bosqichida ham blogpostga qo’yilgan talablar bir xil amal qiladi.

 

Taqiqlar

  1. Shaxsi noma’lum blogerlar tomonidan, shuningdek, shaxsiy fikr emas, balki tahririyat fikri ko‘rinishida yozilgan blogpostlar tanlovga qabul qilinmaydi.
  2. Shuningdek, milliy adovat, irqchilik, terrorizm, urush, zo‘ravonlik, diniy qarashlarni targ‘ib qiluvchi, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan hamda o‘zgalarning sha’ni, va qadr-qimmatini kamsitish mazmunidagi blogpostlar tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilinmaydi.

 

Tanlov g’oliblarini taqdirlash

  1. Tanloving ikkinchi saralash bosqichiga chiqqan barcha 8 ta ishtirokchiga sovg’alar beriladi.
  2. Ikkinchi saralash bosqichi yakuniy natijalariga ko’ra, 1-o’ringa Samsung Galaxy plansheti, 2-o’ringa Samsung Galaxy J1 Ace aqlli telefoni va 3-o’ringa gadjetlar uchun elektr zaxira manbasi mukofot sifatida beriladi.
  3. Bundan tashqari, tanlov tashkilotchilari tanlovning ikkala saralash bosqichida qatnashgan blogpostlar orasidan o’ziga xos innovatsion yangilik kiritgan yoki noodatiy yondashuvga ega blogpost mualliflarini ham taqdirlaydi.

 

Tanlov tashkilotchilari va ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari

Tanlovga topshirilgan barcha blogpostlar Sahar maktabi mulkiga aylanadi va Sahar maktabi ularni o'z vebsaytida chop etish va ijtimoiy tarmoqlarda bo'lishish huquqini saqlab qoladi.

1. Sahar maktabi tanlov o’tkazish davomida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Tanlovni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qiladi va tanlov kunlarini belgilaydi;
  • Tanlov to’g’risidagi Nizomni ishlab chiqadi va unga o’zgartirishlar kiritadi;
  • Tanlov boshlanishi to’g’risida belgilangan muddatlarda Facebook va Sahar maktabi sayti orqali rasmiy e’lon beradi;
  • Tanlovning o’tkazilish shartlari, tanlov o’tkazish qoidalari, muddati, baholash jarayoni va tanlov bosqichlarini belgilaydi va zarur hollarda ularga o’zgartirish kiritadi;
  • Tanlov hakamlar hay’ati tarkibini tasdiqlaydi hamda mentorlar guruhini aniqlaydi va tasdiqlaydi;
  • Tanlovga arizalar qabul qilish jarayonini tashkil etadi va arizalarni mazkur Nizomda ko’rsatilgan talablar asosida qabul qilinishini nazorat qiladi;
  • Tanlov ishtirokchilariga zarur bo’lgan hollarda ular talabiga binoan mentorlarni biriktirishga yordamlashadi;
  • Tanlov g’oliblarini va sovrindorlarini aniqlaydi va taqdirlash yo’llarini tashkil etadi;
  • Tanlovning boshqa tashkiliy masalalarini hal etadi.

2. Sahar maktabi tanlov faoliyati davomida quyidagi huquqlarga ega:

  • Tanlovga taqdim etilgan blogpost va bloglar mazkur Nizomda ko’rsatilgan talablarga javob bermasa, ularni qabul qilmaslik;
  • Tanlov ishtirokchisi mazkur Nizomda ko’rsatilgan talablarni buzsa va tanlov o’tkazish talab va shartlariga mos kelmasa, uni tanlovdan chetlatish;
  • Hakamlar hay’ati tomonidan ularning vakolatiga rioya qilinishini ta’minlash va haqqoniy baholash tizimini tashkil etishni nazorat qilish.

 

3. Sahar maktabi tanlov davomida quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi:

  • Tanlovning barcha ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni yaratish;
  • Tanlovning ochiq va oshkora tarzda o’tishini ta’minlash;
  • Tanlov natijalarini o’z vaqtida e’lon qilish.

4. Tanlov ishtirokchilarining huquqlari quyidagilardan iborat:

  • Tanlov o’tkazish shartlari va tartibi to’g’risida ma’lumot olish;
  • Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatda ariza topshirish;
  • Tanlovda qatnashish uchun topshirgan arizasini Sahar maktabiga murojat etgan holda qaytarib olish;
  • Tanlovda g’olib deb e’lon qilingan taqdirda sovrinni qabul qilib olish.

 

5. Tanlov ishtirokchilarining majburiyatlari quyidagilar:

  • Tanlovga ariza topshirishdan oldin tanlov to’g’risidagi mazkur Nizom bilan to’liq tanishish;
  • Nizomda ko’rsatilgan barcha qoidalarga qat’iy rioya qilish;
  • Tanlovga topshirilgan barcha hujjatlardagi ma’lumotlar uchun javobgar bo’lish;
  • Tanlov hakamlarining qarorlarini qabul qilish va hurmat qilish.

 

Yakuniy qoidalar

Tanlovda ishtirok etayotgan blogerlarning fikrlari shaxsiy xarakterga ega bo‘lib, uning to‘g‘riligi uchun faqat muallifning o‘zi javobgar bo‘ladi. Tanlov tashkilotchilarining fikri blogpost mualliflari fikridan farq qilishi mumkin.

 

Qoidalarga o‘zgartirish kiritish

Zaruriyat tug‘ilganda, tashkilotchilar tomonidan tanlov qoidalariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Xabaringiz bor bo'lsa kerak, shu yili 8-aprel kuni Gotomeeting platformasi orqali tanlov bo'yicha qisqa axborot sessiyasi o'tkazgan edik. Agar sessiyada qatnashishda imkoniyatingiz bo'lmagan bo'lsa, unda quyida yozib olingan audio tasmani tinglashingiz mumkin.

 

Farhod Sulton

Nyu Yorkdagi "Vatandosh" O'zbek-Amerika federatsiyasi asoschisi va prezidenti. Nyu Yorkda  o'zbek tilida chop etiladigan "Vatandosh" gazetasiga asos solgan noshir. Farhod Sulton New York Life Insurance kompaniyasida moliyaviy mutaxassis bo'lib faoliyat ko'rsatib keladi. Farhod Sulton Toshkent Davlat Islom Universitetida huquqshinoslik yo'nalishi bo'yicha ta'lim olgan. Ayni damda u nufuzli huquqshunoslik institularidan biri bo'lgan Benjamin N. Cardozo huquq maktabida magistirlik darajasiga uchun ta’lim olmoqda.

Azamat Akbarov

Tilshunoslik fanlari doktori, ayni damda Bosnia va Gersogovinadagi Xalqaro Burch Universitetida dekan lavozimida faoliyat olib boradi. Faoliyati davomida O’zbekiston, Janubiy Koreya, AQSh, Shvetsiya va Yevropaning boshqa bir necha davlatlarida ta’lim olgan, ilmiy izlanish olib brogan hamda tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlaridan dars bergan.

Muazzam Ibrohimova

1975 yili tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. "Beshikdagi bek bolam", " Yangi Zilopiyadagi sarguzashtlar", " Ikki do‘st", " Bir ko‘ngil imorati" kabi kitoblari nashr etilgan. O‘zbekiston Bolalar yozuvchilari assotsiatsiyasi a’zosi. Turkiy dunyo Mediaolamining O‘zbekiston vakili.

Sardor Salim

Sardor Salimov- jurnalist, Taraqqiy.uz va Jadid.uz loyihalar asoschisi. Germaniya, Buyuk Britaniya universitetlarida tahsil olgan, Davlat boshqaruvi va siyosati yo’nalishida magistratura darajasiga ega. O'zbekistonda siyosiy partiya va onlayn OAVlarida faoliyat yuritgan, shuningdek BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining loyihalarida konsultant bo'lib ishlagan.

Yusufbek Toshkentboyev

Jurnalist, bloger. O’zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishi bo’yicha mutaxassis.